ISH TURI
LOGO, AYDENTIKA, WEB SAYT
UZBEK CULTURE AND FOOD FESTIVAL
UZBEK CULTURE AND FOOD FESTIVAL
O`zbekistonning boy madaniy merosi namoyishiga bag’ishlangan ilk London festivali.
MUAMMO
“O'zbek madaniyati va milliy taomlari” festivali 2023-yilning 17-18-iyun kunlari tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi O'zbek madaniyati va oshxonasini aks ettiruvchi o`ziga xos logotip va imij yaratishdir. Festivalning asosiy auditoriyasini Buyuk Britaniya aholisi va shahar mehmonlari tashkil etadi.
YECHIM
Asosiy logotip O'zbekistonning boy tarixi va oshxona an'analariga doir elementlarni o'zida mujassam etgan. Unda o'zbek tarixiy me'morchiligining gumbazlar, arklar va murakkab geometrik naqshlar kabi ramziy elementlari ko'zga tashlanadi. Ushbu me'moriy elementlar boy madaniyat va meros hissini uyg’otish loyiha dizayniga ustalik bilan singdirilgan..
UZBEK CULTURE AND FOOD FESTIVAL
Tadbir logotipi va imiji uchun foydalanilgan ranglar palitrasi o'zbek milliy to'qimachilik, keramika va me'morchiligidagi yorqin ranglar asosida tanlangan. Qorishiq ko’k hamda qizil va sariq ranglar haqiqiy O`zbek madaniyati hissini uyg’otish uchun qo`llanilgan. Tasviriy elementlar va logotip festival tovarlari, masalan, futbolka, sumka va esdalik buyumlariga tushirildi. Bu o`z o`rnida ishtirokchilarga tadbir bilan unutilmas xotiralar tuhfa etadi.